27/09/2023

Joriy yilning 8 oyi yakunlariga ko‘ra, kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo jami aylanmasidagi ulushi  83,6 %ni yoki 3 233,9 mlrd so‘mni tashkil qildi.

2022- yilning mos davriga nisbatan savdo hajmining o‘sish sur’ati 106,7 %ga to‘g‘ri keldi.

Viloyat hududlari ichida kichik korxona va mikrofirmalarning ulgurji savdodagi eng yuqori hajmi Urganch shahri (1860,9 mlrd so‘m), Urganch tumani (407,5 mlrd so‘m), Xiva tumani (232,4 mlrd so‘m) va Xiva shahrida (123,6 mlrd so‘m) qayd etilgan.

 


Axborot xizmati