21/09/2023

Viloyatimizda savdo faoliyati bilan yakka tartibda shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar  tomonidan isteʼmol tovarlarini sotilish hajmini o‘rganishga qaratilgan 4 savdo (JSH) tanlanma statistik kuzatuvi  o‘tkazilmoqda.

Ushbu kuzatuv bozorlar va boshqa sotuv joylarida jismoniy shaxslarning (aholi) umumiy savdo aylanmasi hajmini hisoblash uchun maʼlumotlarini yig‘ish maqsadida tashkil etiladi.

21 –sentabr kuni Urganch shahrida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarining savdosi bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi. Shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Davletov  respondentlardan bir oyda ishlangan kunlar soni, bir kunlik sotilgan tovarlar miqdori, o‘rtacha tushum bo‘yicha olingan ma’lumotlarni qayd etib bordi.

 

 

Axborot xizmati