20/09/2023

2023- yilning 7 oyi yakunlariga ko‘ra, Urganch shahrining eksporti hajmi 17,6 mln AQSH dollarini yoki jami tashqi savdo tovar aylanmasining 20,1 %ini tashkil qilgan.

Eksport hajmining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 106,4 % darajada qayd etilgan.

Urganch shahri eksportida yuqori hajm MDH davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va  13,0 mln dollarni tashkil qilgan.

Joriy yilning o‘tgan davrida xorijga eng ko‘p sanoat tovarlari eksport qilingan va uning qiymati 12,0 mln dollarga teng bo‘lgan.

 

 


Axborot xizmati