20/09/2023

Shu yilning 19- sentabr kuni Urganch shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimida huquqiy targ‘ibotga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

 Seminarda bo‘limning buxgalteriya va hisob sho‘basi xodimlari ishtirok etishdi.

 Viloyat statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti I.Otajonov xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida” 2021- yil 11- avgustdagi OʻRQ-707-sonli Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Statistika maʻlumotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʻmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022- yil 24- noyabrdagi 672-sonli qarorlari mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirish berib o‘tdi. Shu bilan bir qatorda statistik hisobotlarni topshirish muddatlari, bu bilan bog‘liq qonunchilikdagi talablar xususida ham batafsil ma’lumotlar berildi.

 

 

Axborot xizmati