14/09/2023

2023- yilning  yanvar-iyul oylarida Yangibozor tumanining eksporti tashqi savdo tovar aylanmasi hajmining 82,6 %i yoki 16,9 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan tuman eksporti hajmining 2,1 barobarga ko‘paygani qayd etilgan.

Eksportning 11,5 mln dollari MDH davlatlari, 5,4 mln dollari boshqa xorijiy davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Tuman eksportida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 77,4 %ni (8,9 mln dollarni)  tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati