06/09/2023

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga O‘zbekistonda ayol rahbarlar boshqaruvida kichik korxona va mikrofirmalarning mahsulot sotishdan tushgan sof daromadi 31,8 trln so‘mni tashkil etgan.

 Ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalarning sof daromadi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 9,2 trln so‘mga oshgan.

2023- yilning 1- yanvar holatiga O‘zbekistonda ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 39 078 tani tashkil etgan.

 

 

 

 

Matbuot xizmati