28/08/2023

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida viloyat eksporti tarkibida eng yuqori ulush Xonqa tumani hissasiga to‘g‘ri kelgan va 11,0 % ni yoki 20,5 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

Tumanning eksport hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,4 %ga o‘sgan.

Eksport hajmining 3,1 mln dollari MDH davlatlari, 17,4 mln dollari boshqa xorijiy davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Eng yuqori hajm oziq-ovqat mahsulotlari eksportida qayd etilgan va 14,1 mln dollar (eksportning 66,2 %i)ni tashkil etgan.

 

 

Axborot xizmati