24/08/2023

Aholini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlikning muhim bosqichlaridan biri bo‘lgan uy-joylarning joylashuvini hududlarning xaritalari bilan solishtirib o‘rganish, xonadonlarning raqamlanganlik holatini monitoring qilish ishlari viloyatimizning Hazorasp tumanida ham reja asosida olib borilmoqda.

Shu yilning 23- avgust kuni viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov,  Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi  U.Tadjimuratov va tuman statistika bo‘limi boshlig‘i A.Alimovlar tumandagi  “Ziyolilar” mahalla fuqarolar yig‘inida ana shunday o‘rganish ishlarini o‘tkazdilar.

O‘z navbatida mazkur mahalla mas’ullari bilan mahalladagi barcha xonadonlarga  ko‘cha nomi belgilarini o‘rnatish, turar-joylarni raqamlashtirish ishlarini amalga oshirish yuzasidan hamkorlikdagi ishlar xususidagi vazifalar kelishib olindi.

 

Axborot xizmati