24/08/2023

2023- yilning yanvar-iyul oylarida chakana tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish korxonalari savdo aylanmasining ulushi 3,0 % ni tashkil etib, 177,9 mlrd so‘mga yetdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 6,3 % ga ko‘paydi.

Bunda savdo aylanmasining 96,5 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Umumiy ovqatlanish sohasidagi kichik korxona va mikrofirmalar savdosining eng yuqori hajmi Urganch shahri (79,8 mlrd so‘m), Urganch tumani (31,3 mlrd so‘m), Shovot tumanida (11,3 mlrd so‘m) qayd etilgan.

 

 

Axborot xizmati