22/08/2023

Bugun 22- avgust kuni viloyatimizning bir qator shahar va tumanlarida yakka tartibda tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi o'zini-o'zi band qilgan jismoniy shaxslarning faoliyati tanlanma asosda kuzatildi.
Viloyat statistika boshqarmasi Xizmatlar statistikasi bo‘limi boshlig‘i M.Egamov (Shovot t.) va Q.Matchanov (Qo‘shko‘pir t.) aholiga xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan xizmat ko‘rsatish hajmining bir kunlik va o‘rtacha hajm ko‘rsatkichlarini o‘rgandilar.

Mazkur tanlanma kuzatuvlari xizmatlar sohasidagi muhim statistik ma’lumotlar uchun birlamchi axborot vazifasini o‘taydi.



Axborot xizmati