22/08/2023

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Yangiariq tumanida faoliyat yuritayotgan 228 ta sanoat korxonasi tomonidan 316,3 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Sanoat ishlab chiqarishida eng yuqori hajm elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash tarmog‘i hissasiga to‘g‘ri kelgan va 187,8 mlrd so‘mni yoki umumiy hajmning 59,4 %ini tashkil etgan.

Shuningdek, to‘qimachilik  mahsulotlari ishlab chiqarish (25,7 %) va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (11,1 %) tuman sanoatida yuqori ulushga ega bo‘lgan.

 

 

Axborot xizmati