22/08/2023

2022- yilda Xorazm viloyati bo‘yicha ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 2 363 tani tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich jami faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar hajmining 9,2 % ini tashkil etgan.

2021- yilning mos davriga nisbatan ularning soni 371 taga ko‘paygan.

Hududlar bo‘yicha ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar sonining eng ko‘pi Urganch shahri (524 ta), Urganch (233 ta), Yangibozor (222 ta) tumanlari, Xiva shahri (206 ta), Bog‘ot (169 ta), Shovot (168 ta), Yangiariq (164 ta) tumanlariga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati