08/08/2023

2023- yilning 1- iyul holatiga Yangibozor tumani aholisi soni  91525 kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 %ga o‘sgan.

Tumanda joriy yilning 6 oyida 864 ta tug‘ilishi holati qayd etilib, har 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 19,1 promilleni tashkil qilgan.

Tug‘ilganlarning 463 nafarini o‘g‘il, 401 nafarini qiz chaqaloqlar tashkil etgan.

Tug‘ilish holatlarining 80,2 % qishloq joylariga to‘g‘ri kelgan.

 

 

Axborot xizmati