08/08/2023

2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda 37 632 tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.

Hududlar o‘rtasida meva va rezavorlar yetishtirish tarkibining asosiy qismini Urganch va Shovot tumanlari egallab, ularning ulushi 16,4 % va 11,6 %ga teng bo‘ldi.

Shuningdek, yuqori ulush Hazorasp (10,9 %) va Xiva (10,7 %) tumanlarida qayd etildi.

Yetishtirilgan hosilning eng katta hajmi, ya’ni  27147 tonnasi yoki 72,1 %i dehqon va tomorqa   xo‘jaliklarida qayd etildi.

 

 

Axborot xizmati