31/07/2023

 Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida transport xizmatlari hajmi 49,1 trln so‘mni tashkil etgan.

 Bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,6 % ga oshgan.

 Ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida transport xizmatlarining ulushi 23,1 % ni tashkil etdi.

 2023- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, asosiy faoliyat turi tashish va saqlash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 17 380 taga yetgan. 

Ulardan 17 157 tasi (98,7 %) kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.

 

 Matbuot xizmati