31/07/2023

 Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar-iyun oylarida 11 ta davlatga qiymati 16,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 79,9 ming tonna qovun eksport qilgan.

 Qovun eksporti hajmi 2022- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 16,8 ming tonnaga oshgan.

 O‘zbekiston 2023- yilning 6 oyida eng ko‘p qovun eksport qilgan davlatlar:

— Qozog‘iston – 35,7 ming tonna

— Rossiya – 29,3 ming tonna

— Qirg‘iz R. – 12,6 ming tonna

— Belarus – 1,3 ming tonna

— Tojikiston – 664 tonna

— Mongoliya – 143 tonna.

 

Matbuot xizmati