26/07/2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- iyul holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 372 276 kishini tashkil etgan.

Respublikamizning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga oshgan.

Mamlakatimiz aholisi 2023- yil boshidan buyon 347,3 ming kishiga ko‘paygan.

O‘zbekiston aholisi 2023- yilning har bir oyida o‘rtacha 57,9 ming kishiga oshgan.

2023- yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,9 ming kishiga ko‘paymoqda.



Matbuot xizmati