25/07/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar - iyun oylarida viloyat bo‘yicha avtomobil transportida 214,4 mln yo‘lovchi tashilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich  o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,2 %ga oshgan.

Viloyatning tuman va shaharlari kesimida tashilgan yo‘lovchi soni bo‘yicha yetakchi  o‘rinni Urganch shahri (43,8 mln) egalladi.

Shuningdek, eng yuqori ko‘rsatkichlar  Hazorasp (20,4 mln), Xonqa  (19,5 mln) va Gurlan  (18,8 mln)  tumanlarida kuzatildi.

 

Axborot xizmati