14/07/2023

2023- yilning yanvar-may oylarida Tuproqqal’a tumanida 110,7 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 114,9 %ni tashkil qilgan.

Aholi jon boshiga xizmatlar hajmi o‘rtacha 1905,9 ming so‘m darajada qayd etilgan.

Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra eng yuqori  hajm savdo xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 39,4 mlrd so‘mni yoki 35,6 %ni tashkil etgan.

 

Axborot xizmati