12/07/2023

Xorazm viloyatida shu yilning yanvar-may oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 243 ta yangi  korxona va tashkilot (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) tashkil etilgan bo‘lib, ularning sohada faoliyat yuritayotgan korxonalar soni (2 624 ta)ga nisbati 9,3 %ga teng bo‘lgan.

2022- yilning shu davriga nisbatan sohadagi yangi tashkil etilgan korxonalar soni 232 taga kamaygan.

 

Axborot xizmati