12/07/2023

Hazorasp tumanining tashqi savdo aylanmasi 2023- yilning yanvar–may oylarida 22,0 mln AQSH dollarni tashkil etib, shundan eksport hajmi 10,8 mln dollar, import hajmi - 11,2 mln dollarga teng bo‘ldi.

Tuman eksportida oziq-ovqat mahsulotlari yuqori ulushga ega bo‘lgan va umumiy hajmning 55,5 %ini tashkil etgan.

Import mahsulotlari tarkibining 51,8 %ini esa mashina va transport asbob-uskunalari tashkil  qilgan.

 

 Axborot xizmati