06/07/2023

Joriy yilning yanvar-may oylarida  Hazorasp tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan 225 ta sanoat korxonasi tomonidan 162,2 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

Sanoat mahsulotlarining  42,1  mlrd so‘mini iste’mol tovarlari tashkil etib, shundan 26,6 mlrd so‘mi oziq-ovqat mahsulotlari, 15,5 mlrd so‘mi nooziq-ovqat mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ishlab chiqarish umumiy hajmining 68,4 %i yirik sanoat korxonalari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

 

Axborot xizmati