27/06/2023

2023- yil yanvar-may oylarida Xorazm viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar  (Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iz Respublikasi) bilan tashqi savdo aylanmasi 107,1 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich jami viloyat tashqi savdo aylanmasining 27,7%ini tashkil etdi.

YEOIIning aʼzo davlatlariga eksport hajmi 64,4 mln AQSH dollari, ushbu davlatlardan import hajmi esa 42,7 mln AQSH dollariga yetdi.

 

 

 

Axborot xizmati