15/06/2023

Xorazm viloyatida keyingi 5 yilda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 32,9 foizga oshgan.

2023- yilning 1- iyun holatiga viloyatimizda faoliyat yuritayotgan chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 129 tani tashkil qilgan.

Ularning tarkibida eng yuqori ulush Rossiya Federasiyasi hissasiga to‘g‘ri kelgan va 26,4 foizni tashkil etgan.

Shuningdek, viloyatimizga o‘z kapitalini kiritgan Turkiya (25,6 foiz), Turkmaniston (11,6 foiz), Xitoy (9,3 foiz) va Janubiy Koreya ( 3,9 foiz) davlatlari etakchilar qatorida bo‘lgan.

 

 

Axborot xizmati