14/06/2023

2023- yilning yanvar-aprel oylarida   Bog‘ot tumanining  xorijiy davlatlar bilan tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 12,6 mln  AQSH dollarini tashkil qilgan.

Umumiy hajmning 72,9%i yoki 9,1 mln dollari eksport hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2022- yilning mos davriga nisbatan  tumanning eksport hajmi  27,9 %ga ko‘paygan.

Eksport tarkibida eng katta hajm oziq-ovqat mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelib 56,1 %ni yoki 5,1 mln dollarni tashkil etgan.

 

Axborot xizmati