05/06/2023

Urganch tumanida 2023- yilning 1- may holatiga 215 ta qurilish tashkiloti faoliyat yuritgan.

Bu viloyatdagi jami qurilish tashkilotlarining 12,3%ini tashkil qilgan.

Tumandagi qurilish tashkilotlari tomonidan joriy yilning yanvar-aprel oylarida 47,0 mlrd so‘mlik bino va inshootlar, 51,8 mlrd so‘mlik fuqarolik obyektlari qurilishi, 15,2 mlrd so‘mlik ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari amalga oshirilgan.

 

 Axborot xizmati