05/06/2023

Tuproqqal’a tumanida 2023- yilning yanvar-aprel oylarida 42,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, eng katta hajm bino va inshootlar qurilishi ishlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va  26,4 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Tumanda bajarilgan fuqarolik obyektlari qurilishi ishlari 14,4 mlrd so‘mni, ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari 1.5 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Jami qurilish ishlarining 62,6 %i yoki 26,5 mlrd so‘mi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati