05/06/2023

2023- yilning yanvar-aprel oylarida Yangiariq tumanining eksporti  umumiy tashqi savdo tovar aylanmasining 44,5%ini yoki 9,5 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

2022- yilning mos davriga nisbatan eksport hajmi 2,0 barobarga oshgan.

Eksport tovarlarining 60,0 %i MDH davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Yangiariq tumani hisobot davrida xorijga eng ko‘p sanoat tovarlari eksportini amalga oshirgan bo‘lib, mahsulot eksporti hajmi 4,4 mln dollar (46,4 %)ni tashkil qilgan.

 

 Axborot xizmati