02/06/2023

Viloyatimizning barcha hududlarida reja asosida o‘tkazib kelinayotgan tanlanma kuzatuvlar statistik ma’lumotlarni shakllantirishda muhim  manba bo‘lib xizmat qiladi.Statistika idoralari mas’ullari va xodimlari tomonidan shu kungacha deyarli barcha hududlarda xizmatlar sohasida o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi.

Bugun, 2- iyun kuni viloyatimizning Xonqa va Bog‘ot tumanlarida avval tashkil etilgan tanlanma kuzatuvlarining monitoringi o‘tkazildi.

Unda Statistika agentligi Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasining mutaxassisi O.Qalandarov, Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E.Xakimov, o‘rinbosari U.Bardiyev, Xizmatlar statistikasi bo‘limi boshlig‘i M.Egamovlar ishtirok etishdi. Kuzatuv jarayonida olib borilgan o‘rganish ishlarining sifati mas’ullar tomonidan tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarga kelgusidagi o‘rganishlar jarayonida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan kuzatuv uchun mas’ul bo‘lgan hududiy bo‘limlarning mas’ul xodimlariga tegishli tavsiyalar berildi.


Axborot xizmati