02/06/2023

Hazorasp tumanida 2023- yilning yanvar-aprel oylarida  amalga oshirilgan chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 346,6 mlrd so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda, savdo hajmi 2,1 foizga oshgan, viloyat umumiy savdo hajmida tumanning ulushi 12,6%ni tashkil qilgan.

Chakana savdo tovar aylanmasi umumiy hajmining 76,7%i yoki 265,9 mlrd so‘mi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023- yilning 1- may holatiga Hazorasp tumanida chakana savdo sohasida 1 809 ta kichik biznes subyekti faoliyat ko‘rsatgan.

 

Axborot xizmati