02/06/2023

Bog‘ot tumanida 2023- yilning yanvar-aprel oylarida 82,7 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, mulkchilik shakliga ko‘ra 100% qurilish ishlari nodavlat tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan.

Hisobot davrida tumanda 60,3 mlrd so‘mlik bino va inshootlar, 18,9 mlrd so‘mlik fuqarolik obyektlari, 3,5 mlrd so‘mlik ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari bajarilgan.

Bajarilgan qurilish ishlari umumiy hajmining 61,4 % (50,7 mlrd so‘mi) kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Axborot xizmati