31/05/2023

Statistika agentligining olingan idoraviy ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda 280,8 mingta tirik tug‘ilishlar qayd etilgan.

Bu ko‘rsatkich, 2022- yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,7 % ga oshgan.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida tirik tug‘ilganlarning farzandlar ketma-ketligi bo‘yicha soni:

Birinchi (to‘ng‘ich) farzand – 66,6 mingta

Ikkinchi farzand – 91,2 mingta

Uchinchi farzand – 80 mingta

To‘rtinchi va undan keyingi farzand – 43 mingta.

 Matbuot xizmati