30/05/2023

📊 Xorazm viloyati statistika boshqarmasining maʻlumotlariga koʻra,  viloyat boʻyicha 2023- yilning yanvar-aprel oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 595,6 mlrd soʻmni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan  oʻsish surʼati 105,3 % ga teng boʻlgan.

Shundan:

dehqon bozorlarining savdo hajmi 288,3 mlrd soʻmni (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 112,0 %),

chorva bozorlarining savdo aylanmasi hajmi 307,3 mlrd soʻmni (99,8 %) tashkil etdi.

Viloyat hududlari ichida uyushmagan savdo hajmining eng yuqori oʻsish surʼatlari Xiva shahri (2,2-marta), Qoʻshkoʻpir  (148,3 %), Tuproqqalʼa (133,2%) va Yangiariq (127,9 %) tumanlari hissasiga toʻgʻri keldi.

 

 

 

Axborot xizmati