26/05/2023

Statistika sohasidagi yangiliklar, xususan qabul qilinayotgan yangi normativ hujjatlarning mohiyatini keng jamoatchilikka etkazishda huquqiy targ‘ibot ishlari katta ahamiyat kasb etadi.

Shu boisdan idora va tashkilotlar hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarida har haftada huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda.

2023- yilning 26- may kuni Viloyat teri-tanosil kasalliklari shifoxonasida Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda 2021- yilning 11- avgustida qabul qilingan “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-707-sonli qonuni mazmun va mohiyati xususida ma’lumotlar berildi.


Axborot xizmati