24/05/2023

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar-aprel oylarida 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 81,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 2 544 dona elektromobil import qilgan.

 Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1815 taga oshgan.

 O‘zbekiston 2023 -yilning aprel oyida xorijiy davlatlardan 876 dona elektromobil import qilgan.

 O‘zbekiston 4 oyda eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar:

— Xitoy – 2 278 ta

— Gonkong – 202 ta

— Germaniya – 32 ta

— BAA – 16 ta

— Koreya – 9 ta

— AQSH – 4 ta

Matbuot xizmati