23/05/2023

Urganch tumanida 2023–yilning yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga 138,3 mlrd so‘mlik markazlashmagan investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan ularning hajmi 2,5 marta ko‘paygan.

Moliyalashtirish manbalariga ko‘ra o‘zlashtirilgan markazlashmagan investitsiyalar tarkibi:

to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kafolatlanmagan kreditlar – 71,8 mlrd so‘m

aholi mablag‘lari – 57,5 mlrd so‘m

korxonalarning o‘z mablag‘i – 5,0 mlrd so‘mni

bank krediti va boshqa qarz mablag‘lari- 4,0 mlrd so‘m.

 

 Axborot xizmati