22/05/2023

2023- yil yanvar-mart oylarida Tuproqqal’a tumani sanoatida 505,0 mlrd so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Bu viloyat umumiy hajmining 10,9 %ini tashkil qilgan.

Tumanda ishlab chiqaradigan sanoatning eng yetakchi sohalari:

avtotransport vositalari, treylerlar va yarim pritseplar ishlab chiqarish – 1755,0 mlrd so‘m (jamiga nisbatan 74,0 %)

oziq-ovqat mahsulotlari – 505,0 mlrd so‘m (21,3 %)

qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarish – 33,1 mlrd so‘m (1,4%)

Tuproqqal’a tumanining 96,3 % sanoat mahsulotlari yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan.

 

 

Axborot xizmati