18/05/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2023- yilning 3 oyida Gurlan tumanida viloyat umumiy hajmining 11,1 %iga teng bo‘lgan 23,4 ming tonna  sut ishlab chiqarilgan.

Bu viloyat bo‘yicha Urganch (26.1 ming t) va Hazorasp (26.0 ming t) tumanlaridan keyingi 3–ko‘rsatkichdir.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Gurlan tumanida 343,7 mlrd so‘mlik qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

 

 

Axborot xizmati