16/05/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  joriy yilning 3 oyi ichida Xiva tumanida 310,1 mlrd so‘mlik chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda o‘sish sur’ati 101,3 %ni tashkil etgan.

Xiva tumanida 2023- yilning yanvar-mart oylarida  viloyat bo‘yicha eng ko‘p tuxum ishlab chiqarilgan va 19,1 mln donani tashkil qilgan.

Tumanda ishlab chiqarilgan boshqa chorvachilik mahsulotlari hajmi:

sut – 20,0 ming tonna,

go‘sht (tirik vaznda)- 4,2 ming tonna

ovlangan baliq hajmi – 630,5 tonna.

 

 

Axborot xizmati