15/05/2023

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev va tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassisi M.Yusupova bugun, 15- may kuni  Yangiariq tumanida xizmatlar sohasida o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini o‘rganish yuzasidan kuzatuv o‘tkazdilar.

Kuzatuv davomida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shu kungacha o‘tkazilgan kuzatuvlardagi kamchiliklarga keyingi tanlanma kuzatuvlarida yo‘l qo‘ymaslik va ularni sifatli tashkil etish bo‘yicha hududiy bo‘lim intervyuyeriga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Axborot xizmati