15/05/2023

Joriy yilning 12- may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy savodxonlikni oshirishga bag‘ishlangan navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda boshqarma xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan  2023- yilning 26- aprelida qabul qilingan “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-sonli qarorining mohiyati va undan kelib chiqadigan asosiy vazifalar bilan tanishtirildi.

Ta’kidlandiki, ushbu qaror respublikamiz, xususan viloyatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, kichik tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlar yaratishni nazarda tutishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Axborot xizmati