15/05/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning 1- aprel holatiga Xiva shahrining doimiy aholisi soni 97,3 ming kishini tashkil etib, 2022- yilning shu davriga nisbatan 1,8%ga ko‘paygan.

Joriy yilning yanvar- mart oylarida Xiva shahrida 451 ta tug‘ilish (har 1000 aholiga nisbatan 18,8 promille), 377 ta nikoh (15,7 promille) va 30 ta nikohdan ajralish (1,3 promille) holatlari qayd etilgan.

Shahar bo‘yicha 1 kvadrat kilometrga aholi zichlichi 2 854 kishini tashkil etgan.

Bu viloyat bo‘yicha Urganch shahri (5 201 kishi)dan keyingi 2- ko‘rsatkichdir.

 

 

 

Axborot xizmati