15/05/2023

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-mart oylarida aholi jon boshiga asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich Urganch shahriga to‘g‘ri kelib, 3004,0 ming so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 124,9 %ni tashkil etdi.

Shuningdek, yuqori ko‘rsatkich Xiva tumanida 1157,3 ming so‘m (yoki 526,4 %) va Qo‘shko‘pir tumanida 1354,7 ming so‘m (yoki 140,1 %) darajada qayd etildi.

Viloyat bo‘yicha asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi aholi jon boshiga 850,4 ming so‘m (106,1 %)ni tashkil etdi.

 

 

Axborot xizmati