05/05/2023

Joriy yilning 5- may kuni Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialida “Xorazm viloyatida sog‘liqni saqlash tizimining statistik ko‘rsatkichlari tahlili” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda Xorazm viloyati statistika boshqarmasi mas'ul xodimlari, ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limi boshlig‘i Z.Bobojonov doimiy aholi soni, tabiiy o‘sish, o‘rtacha aholi soni kabi demografik ko‘rsatkichlarni shakllantirish metodologiyasi va tahlili xususida ma’lumot berib o‘tdi. Ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi boshlig‘i K.Atayeva viloyatimizda sog‘liqni saqlash tizimi rivojlanishining miqdoriy xususiyatlarini shakllantirish bo‘yicha rasmiy statistik ma’lumotlar tahlilini taqdim etdi.
Seminar qizg‘in savol-javob tarzida davom etdi.



Axborot xizmati