04/05/2023

Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi jamiyatning barcha sohalarida ko‘zlangan barqaror rivojlanishni orqaga tortadigan, kerak bo‘lsa, jamiyatni iqtisodiy va siyosiy tanazzulga yuz tutishiga olib keluvchi illatdir. Korrupsiyaga qarshi kurashni, avvalo uning sabablarini aniqlash va bartaraf etishdan boshlash lozimdir. Bunda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

2023- yilning 4- may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida bo‘lib o‘tgan seminar aynan shu masalalarga bag‘ishlandi.

Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i A.O‘tamuratov, boshliqning o‘rinbosarlari, tarmoq bo‘limlarning boshliqlari va xodimlari, tuman (shahar) statistika bo‘limi xodimlari (onlayn) ishtirok etishdi.

Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov  “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-419-sonli, 2017- yil 3- yanvarda qabul qilingan) va unda belgilangan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tdi.

Shu bilan birgalikda boshqarma boshlig‘i A.O‘tamuratov statistika idoralari xodimlari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, tadbirkorlik subyektlaridan turli statistik hisobotlarni qabul qilishda sun’iy to‘siqlarni yuzaga keltirmaslik kabi masalalarga alohida mas’uliyat bilan yondoshish zarurligini ta’kidladi.  

 


Axborot xizmati