04/05/2023

Yangibozor tumanida joriy yilning yanvar-mart oylarida 21,7 mlrd so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu jami ishlab chiqaradigan sanoatning 20,4 %ini tashkil qilgan.

Ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari tarkibining 72,8 %i yoki 15,8 mlrd so‘mini oziq-ovqat mahsulotlari tashkil etgan.

2023- yilning 3 oyida tumanda sanoat ishlab chiqarish hajmi 106,3 mlrd so‘mga teng bo‘lib,  umumiy hajmning 79,2 %i yirik korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati