04/05/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2023- yil yanvar-mart oylarida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 48,3 million AQSH dollarini yoki jami importning 36,5 % ini tashkil etdi.

 Hududlar orasida kichik tadbirkorlik subyektlarining jami import hajmidagi eng yuqori ulushi Xiva shahrida – 100,0 %, Yangibozor tumanida – 95,7 %, Xiva tumanida – 94,8 %, Hazorasp tumanida – 93,6 %, Urganch shahrida – 93,3 %, Bog'ot tumanida  – 87,5 % ni tashkil etdi.

 

Axborot xizmati