04/05/2023

Viloyatimizda 2023- yil  yanvar-mart oylarida ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan  30 ta yirik korxonalarning savdo tovar aylanmasi hajmi  144,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan (o‘sish sur’ati 120,7 %).

Ulgurji savdo tovar aylanmasida yuqori hajmga ega yirik korxonalar Urganch tumani (69,7 mlrd so‘m), Urganch shahri (33,7 mlrd so‘m) va Gurlan (18,1 mlrd so‘m) tumanlarida kuzatildi.

Joriy yilning 1- aprel holatiga viloyatda ulgurji savdo sohasida 1 904 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritib, ularning soni  2022- yil  shu davriga nisbatan 123 taga ko‘paygan, o‘sish sur’ati 106,9 % tashkil etgan.

 Shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 30 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 1 874 tani tashkil etgan.

 

 

Axborot xizmati