03/05/2023

Bugun, 3- may kuni hududlarda yakka tartibda foydalanishga topshirilgan uy- joylarning tanlanma kuzatuvi (4-TJ) o‘tkazildi.

Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov Yangibozor tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida, uning o‘rinbosari U.Bardiyev Urganch shahridagi “Kamolot” mahallasida dislokatsiyasiga tushgan turar-joylarning tanlanma kuzatuvini olib borishdi.

Tanlama kuzatuvidan maqsad, ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iboratdir. 

    O‘z navbatida ushbu kuzatuv natijalari asosida haqqoniy statistik ma’lumotlar shakllantiriladi.


Axborot xizmati