03/05/2023

Xorazm viloyatining barcha hududlarida narx kuzatuvlari davom etmoqda.2023- yilning 3- may kuni navbatdagi 5 narx (o‘rtacha) haftalik kuzatuvi Yangibozor tumani va Urganch shahridagi dehqon bozorlarida olib borildi.Kuzatuv jarayonida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov (Yangibozor t.) va uning o‘rinbosari U.Bardiyevlar (Urganch sh.) ishtirok etishdi.

Narx kuzatuvi jarayonida hududiy statistika bo‘limi mutaxassislari (narx registratorlari)ga bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning minimal, maksimal hamda o‘rtacha narx ko‘rsatkichlarini kuzatish va planshetlarga qayd etish davomida narxlarning shaffofligiga asosiy e’tiborni qaratishga doir zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.



Axborot xizmati